info@mediphag.uz

+99890 175-46-16   +99895 170-46-16

Bakteriofaglar tarixi

"MediPhag" Bakteriofaglari - antibiotiklarsiz himoya

Tarixi

Bakteriofaglar tarixi 1929- yilda Aleksand Fleming birinchi bo’lib antibiotikni, yani penitsilinni kashf etdi. 1940-yildan boshlab antibiotiklar davri boshlandi. 1945-yilda Aleksand Fleming, Nobel mukofotini olish paytida so’zlagan nutqida shunday degan: “Kelajakda shunday vaqtlar keladiki- penitsilinni hohlagan do’kondan sotib olish mumkin bo’ladi. O’sha paytga kelib, har bir savodsiz inson o’ziga, mikroorganizmlar uchun xavfli bo’lmagan miqdorni tavsiya etib- qabul qiladi va natijada mikroblarni doriga chidamliligi oshadi.” Penitsilinni ixtiro etgan nobel laureti sohibining qariyb bundan bir asr avval aytgan so’zlari bugunga kelib o’z tasdig’ini topmoqda. Bugungi kunda ko’pgina shifokorlar bakterial infeksiyalarda antibiotiklarni tavsiya qilishadi- bu oddiy standart davolash usuli. Lekin antibiotiklarni organizm uchun zararsiz emasligini biz yaxshi bilamiz. To’g’ri, ular zararli mikroblarni o’ldiradi, lekin bir vaqtni o’zida orgamizmdagi foydali mikroblarni ham nobud bo’lishiga olib keladi. Bundan tashqari ular ko’pgina organ, sistemalarga nojo’ya ta’sir ko’rsatadi. Ularni yana bir kamchiligi - qat’iy tartib bilan qabul qilinishi. Antibiotiklarni aniq belgilangan vaqtda qabul qilish va davolash kursini oxirigacha olib borish kerak. Yo’qsa bakteriyalarda qo’llanilayotgan dori vositasiga nisbatan chidamlilik xususiyati hosil bo’ladi. Vujudga kelgan sharoitda ko’pgina bakterial kasalliklarni davolashda antibiotiklarga muqobil o’rinbosar bo’lgan va bundan yuz yil oldin ixtiro qilingan bakteriofaglardan foydalanish mumkin. Bakteriofaglar to’gridan-to’g’ri tarjima qilinganda “bakteriyalar kushandasi” degan ma’noni anglatadi. Ular maxsus viruslar bo’lib, o’ziga xos bakteriyalar mavjud bo’lgandagina ko’paya oladi. Bakteriofaglar o’ziga o’xshagan faglarni faqat kasallik tarqatuvchi bakteriyalar hisobiga hosil qila oladi. Bakteriofaglar nafaqat bakteriyalar bilan oziqlanadi, balki ularni butkul yo’q qilib yuboradi. Qachonki organizmda kasallik tarqatuvchi bakteriyalar qolmasa, bakteriofaglar organizmga zaharli ta’sir ko’rsatmagan holda, tabiiy yo’l bilan chiqib ketadilar. Bakteriofaglar antibiotikka muqobil o’rinbosar hisoblanadi, chunki ular kimyoviy preparatlatga solishtirganda quyidagi ustunliklarga ega: Bakteriofaglarni nojo’ya ta’siri yo’q, ularni homilador, ko’krak bilan emizadigan ayollarga, turli yoshdagi bolalarga, hattoki chala tug’ilgan chaqaloqlarga ham tavsiya etish mumkin. Bakteriofaglar boshqa kimyoviy preparatlarga qaraganda, ustunligi ularni kasallik tarqatuvchi mikroorganizlarga qarshi aniq yo’naltirilganligi, boshqa dori vositalari bilan birga tavsiya etish mumkinligi, allergik reaksiyalardan holiligi va ichak dizbakteriozi va ayollardagi vaginoz kasalliklarida organizmdagi zararlangan mikrobiotsenozni normallashtirish ta’siriga egaligidadir. Aynan shuning uchun bugungi kunga kelib bakteriofaglar olimlarning diqqat e’tiborini tortmoqda. Tibbiyotda qo’llanilayotgan bakteriofaglar quyidagilardan iborat: stafilokokk, streptokok, dizenteriya, salmonella, klebsiella, piobakteriofag, koli, protey, koli-protey bakteriofaglari va boshqalardir